
14 - 17 - sentabr kunlari o'smir yigitlar va qizlar o'rtasida Qirg'iziston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan "Oltin shayba" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi - turli mamlakat xokkeychilari o'rtasida tajriba almashish, ushbu sport turini Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlantirish, yosh xokkeychilarning mahoratini oshirish hamda yangi sportchilarni mahoratini oshirishga qaratilgan
"Oltin shayba"da quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:
1. «Alg`a 1», Bishkek 🇰🇬
2. «Alg`a 2», Bishkek 🇰🇬
3. «Olma-Oта», Olma-Otа 🇰🇿
4. «Binokor», Toshkent 🇺🇿
5. «Dinamo», Minsk 🇧🇾
6. «Narinskie yastrebi», Norin 🇰🇬
7. «Turon», Chimkent 🇰🇿
8. «Humo», Toshkent 🇺🇿
Turnir uchrashuvlari keskin va murasasiz bo'lib, professional xokkeydan hech kam emas edi. Natijada "Dinamochilar" turnir g'olibiga aylandilar. Minskliklar finalda "Olma-ota" vakillarini mag'lub etishdi, "Alg'a 1" jamoasi vakillari esa bronza medallari sohiblariga aylanishdi. O'z navbatida, O'zbekiston yosh xokkeychilari ham quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi:
«Humo» jamoasining darvozaboni Aleksandr An «Eng yaxshi darvozabon» nominatsiyasida g`olib deb topildi. «Humo» jamoasidan eng yaxshi o'yinchisi esa Shahriyor Mo'minov bo`ldi. «Binokor» jamoasining eng yaxshi o'yinchisi» maqomiga esa Abduqayum Abduvosiqov ega bo'ldi topildi. «Eng yaxshi muxlis» nominatsiyaga, «Humo» jamoasining ashaddiy muxlislardan biri Ilga Rajapova go`lib deb topildi.
Siz yoki farzandingiz xokkey haqida anchadan beri o'ylab, buni qanday boshlashni bilmayapsizmi? Unda ushbu tadbir aynan siz uchun!
6 - iyun kuni 10:00 va 11:30da HumoArenada 2011 - 2016 - yillar orasida tavallud topgan bolalar uchun sinov mashg'ulotlari bo'lib o'tadi.
Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, joylar chegaralangan!
O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi sizga sog'liq, shuningdek, O'zbekistonda xokkeyni ommalashtirish va targ'ib qilish sohasidagi barcha maqsadlaringiz amalga oshishini tilaydi!
Mustaqil O'zbekistonda xokkeyning rasmiy qayta tiklanishi boshlanganiga uch yil bo'ldi.
Ushbu davrda Federatsiya butun dunyo bo'ylab katta sportga ta'sir ko'rsatgan sharoitlarga qaramay uzoq yo'lni bosib o'tdi va har kuni rivojlanishda davom etmoqda.
Endi nafaqat Toshkentda, balki Samarqandda ham muz arenasi mavjud, bu yurtimizda xokkeyning geografiyasi kengayib, do'stona saflarimiz yangi sportchilar bilan to'ldirilish demakdir. So'nggi bir yil ichida bizning maktablarda xokkey o'ynaydigan bolalar soni qariyb ikki baravarga oshdi. Yosh sportchilarni tayyorlash sifati ham yaxshilandi - xalqaro tajribaga asoslangan ilg'or usullar ishlab chiqildi va joriy etildi, murabbiylar va hakamlar soni kengaytirildi.
Ishonchimiz komilki, O'zbekiston xokkeyini buyuk va porloq kelajagi bor va xokkeychilarimiz jahon miqyosida munosib o'rnini egallaydi.
O’zbekiston xokkey Federatsiyasi barchani ajoyib Navro’z ayyomi bilan tabriklab, tinchlik, baxt, har bir ishda omad va doimo gullab-yashnashingizni tilab qoladi!
"ICE Arena" - O'zbekistondagi "Humo Arena"dan keyin hajmi bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi (1900 kishi) muz saroyidir. U xalqaro xokkey o'yinlarini o'tkazish uchun barcha talablarga javob beradi va VIP-zona, fitnes zali, xoreografiya zali, kirish joyi va xokkey arenalari uchun xalqaro talablarga javob beradigan yordamchi inshootlarni o'z ichiga oladi. Ochilish marosimida "Xumo" va "Binokor" bolalar xokkey klublari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, o'zbek va rus estrada yulduzlari ishtirok etadilar.
Федерация хоккея Узбекистана поздравляет мужчин с Днем защитника отечества! Мы желаем всем нам мирного неба, спокойствия и уверенности в завтрашнем дне!
Aziz do'stlar! O'zbekiston xokkey Federatsiyasi sizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!
Sizlarga tinchlik va omonlikni tilab qolamiz!
8 noyabr kuni Toshkentda zamonaviy sport turi - yugurishning ikki bosqichi va bitta velosipedni o'z ichiga olgan duatlon bo'yicha birinchi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Chempionat O'zbekiston Triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.
Elite 23 va undan katta toifadagi sovrindorlarga mukofotlarni topshirgan mehmon bo'lib, O'zbekistonning xokkey federatsiyasining ijrochi direktori Elbek Maxmudov bo'lib ishtirok etgani quvonarli.
Triatlon federatsiyasiga ushbu tarixiy musobaqaning bir qismi bo'lish sharafi uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning barcha ishtirokchilariga yanada rivojlanish va sport yutuqlarini tilaymiz!
Bugun O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveev o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda!
Kirill Alekseevichni tabriklaymiz va unga sihat-salomatlik, barcha jabhalarda muvaffaqiyatlar va sevimli sport turining tez orada O'zbekistonga qaytishini tilaymiz!
O'zbekistonda ushbu bayram hali milliy miqyosga ega emas, ammo biz ushbu imkoniyatdan foydalanib, yana bir bor barcha murabbiylarga RAHMAT aytmoqchimiz!
O'qituvchilarimiz va ustozlarimiz sifatida sizlarning har biringiz kelajak avlodni tarbiyalash va rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shasiz!
Sizning ishingiz oson va samarali bo'lishini, o'quvchilaringiz esa o'zlarining natijalari va yutuqlari bilan imkon qadar tez-tez xursand qilishlarini tilaymiz!
FHU vitse-prezidenti Iskandar Qosimovich Shodiev bugun 41 yoshda.
Biz Iskandar Qosimovichga sihat-salomatlik va barcha ishlarida omad tilaymiz.
Aziz yurtdoshlar!
O’zbekiston xokkey federatsiyasi barchangizni yurtimizning mustaqilligi kuni bilan tabriklaydi!
Sizlarga va oila a’zolaringizga sog’liq, baxt, tinchlik va hamisha yaxshi kayfiyat tilab qolamiz!
O’zbekiston xokkey Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Baxodir Gafurov bugun tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar!
Baxodir Ismoilovichning boshchiligida bizning federatsiyamiz O’zbekistonda xokkey rivojlanishida juda katta yutuqlarga erishdi.
Boshlig’imizni tabriklaymiz va ularga umumiy ishimizda katta omadlar, sog’liq va baxt tilab qolamiz!
Bugun O'zbekiston xokkey Federatsiyasi hakamlik departamentining boshlig'i va Rossiya xokkey Federatsiyasining inspektori Vladislav Kiselev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Biz Vladislav Sergeyevichni tabriklab, ularga ulkan omadlar, ishlarida rivoj va baxt tilab qolamiz.
Baxtiyor Shuxratovich - O'zbekiston xokkeyining asosiy oldinga tortuvchi kuchlardan biri.
Bir yarim yil ichida ushbu sohada ajoyib yutuqlarga erishildi - O'zbekiston Xalqaro Xokkey federatsiyasiga qo'shildi, Toshkentda ko'p funktsiyali "Humo Arena" muzi ochildi va uzoq vaqtdan beri O'zbekistonning birinchi chempionati o'tkazildi, ikki o'zbek jamoasi xalqaro chempionatlarda ishtirok etishdi - Oliy xokkey ligasi va Qozog'iston Respublikasi ochiq chempionati.
O'zbekiston xokkey federatsiyasi va butun mamlakatimiznin xokkey jamoalari nomidan Baxtiyor Shuxratovichni tabriklaymiz va unga sihat-salomatlik, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini yanada rivojlantirishi uchun kuch-quvvat tilab qolamiz.
Aziz do'stlar! O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi sizni muqaddas Ramazon Hayit kuni bilan tabriklaydi. Sizga va oilangizga baxt-saodat tilaydi!
Bugun O'zbekiston xokkey federatsiyasining Bosh kotibi Shukur Karimov o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda!
Federatsiya va butun xokkey olami nomidan Sizni tabriklaymiz va ko'p yillar davomida muz ustida sobit turishini va sevimli sportimizni O'zbekistonda muvaffaqiyatli targ'ib etishini tilaymiz!
Biz O'zbekiston Xokkey federatsiyasining vitse-prezidenti Bahodir G'ofurov bilan mavsum yakunlari va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.
– Bahodir Ismoilovich, federatsiyagizning o'tgan mavsumdagi asosiy sarhisobi haqida nima deya olasiz?
– Lo'nda qilib aytadigan bo'lsak, 2019 yilni klub xokkeyi yili deya olamiz. Biz mamlakatimizda xokkeyni rivojlantirishning boshlang'ich bosqichida ihlosmandlarimizga o'zimiz uchun yangi, biroq jahonda juda ommaviy va sevimli sport turi bilan bevosita tanishishlariga imkoniyat yaratish juda muhim deb hisobladik.
Xokkey bo'yicha birinchi O'zbekiston chempionati tashkil etildi va unda to'rt jamoa ishtirok etdi. O'ylashimizcha, mavjud imkoniyatlarimiz darajasida turnirni muvaffaqiyatli o'tkazishga erisha oldik.
O'tgan yil mart oyida “Humo arenasi”ning ochilishi xokkeychilarimiz uchun ajoyib shart-sharoyit yaratib berdi. May oyidayoq Rossiya va O'zbekistonning to'rt yoshlar jamoasining, iyunda esa bolalar o'rtasida xalqaro turnirni o'tkazib, xokkey maydonini sinab ko'rdik.
May oyida Oliy xokkey ligasi chempionatida ishtirok etish uchun “Humo” klubi asosida professional xokkey jamoasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Yozning uch oyi davomida biz kuchli xokkey jamoasini shakllantirishga muvafffaq bo'ldik va 11 sentyabrdayoq “Humo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasining chempionatida birinchi uchrashuvni o'z arenasida o'tkazdi. Bu birinchi o'yindayoq katta g'alabaga erishildi. O'sha o'yin xokkey ishqibozlarining yodiga muhrlanganiga aminman: jamoamiz o'yinchilari raqiblari darvozasiga javobsiz beshta shayba kiritishga muvaffaq bo'ldilar.
O'tgan yilning yana bir muhim voqeasi Federatsiyamizning Xokkey xalqaro federatsiyasiga a'zo bo'lganligidir.
Yil davomida biz bolalar xokkey maktablari bilan muntazam shug'ullanib keldik.
– Aytgancha, shu yil aprelь oyida oliy xokkey ligasida qatnashayotgan “Humo” bu mavsumni o'tkazib yuborishini e'lon qildi…
– O'zingiz koronavirus pandemiyasi tufayli butun jahonda nima bo'layotganini ko'rib turibsiz. Naqadar umidvor bo'lmaylik, bu yuqumli kasallik sababli joriy etilgan chegaralashlar bir-ikki hafta yoki oy ichida to'la bekor qilinishi amri mahol. Koronavirusning tarqalishi oqibatlari Rossiya va O'zbekiston hududdlarida ommaviy sport musobaqlarini to'laqonli o'tkazish uchun yaqin vaqtda imkoniyat bo'lmasligidan dalolat bermoqda.
Shu yil 30 aprelda xokkeychilarimiz va trenerlarimiz shtabining kontraktlari amal qilishining muddati tugadi. Ya'ni biz ana shu muddatga qadar yangi kontraktlar tuzish bo'yicha qaror qabul qilishimiz kerak edi. Federatsiya va klub rahbariyati koronavirus pandemiyasi oqibatidagi vaziyatni hisobga olgan holda yangi mavsum boshlanishi muddatlari va jamoaning ana shu chempionatda muammosiz ishtirok etishi mavhumligi uchun xokkeychilar va trenerlar zimmasiga yangi kontraktlar majburiyatini yuklamaslikni maqbul topdi. Yangi mavsumda o'yinlarni tamoshabinlarsiz o'tkazish (bunday holat ko'pchilik xokkey ligalari tomonidan ko'rib chiqilmoqda) ham biz uchun maqbul emas. Fikrimizcha, ishqibozlarning o'yinchilarni qo'llab-quvvatlab turishi xokkey musobaqalarining ajralmas tarkibiy qismidir, ko'pincha esa bu g'alaba qozonishning asosiy omil bo'ladi. Biz muxlislarimizning qo'llab-quvvatlab turishi naqadar katta ahamiyatga ega ekanligiga nimchorak finalda “Toros” bilan uchrashuvlardagi yorqin g'alabalarimiz, va aksincha, ularning yo'qligini chorak finalda “Zvezda” bilan bellashuvimizning muvaffaqiyasiz natijalari misolida ishonchimiz komil bo'lgan.
Jamoani bu yilgi mavsumda ishtirok etmasligi va uni tarqatib yuborish to'g'risidagi qaror ko'p jihatdan xokkeychilar va trenerlar manfaatini ko'zlab ham qabul qilindi. Bu ularga boshqa klublar bilan kontraktlar tuza olishlariga imkoniyat yaratdi.
– “Xumo” klubining mavsumni o'tkazib yuborishi O'zbekiston milliy terma jamoasini shakllantirish muddatlariga ta'sir ko'rsatadimi?
– Biz bu yil, birinchi navbatda “Humo-2” jamoasi a'zolari hisobiga milliy terma jamoani shakllantirishni rejalagan edik. Hozircha bu jarayonga qancha muddat talab qilinishi to'g'risida aniq bir gap aytish mushkul, ammo bu muddatni uzaytirishga to'g'ri kelishi shubhasiz. Lekin biz 2022 yildan kechikmasdan jahon birinchiligining saralash bosqichi o'yinlarida ishtirok etishdan juda umidvormiz.
– Shaxsan o'zingiz o'zini o'zi yakkalash vaqtingizni qanday o'tkazmoqdasiz?
– Bu qanchalik siyqasi chiqqan gap bo'lsa ham karantin vaziyatining shubhasiz foydasi – ko'proq vaqtni oila bilan o'tkazish, farzandlar tarbiyasiga ko'proq vaqt ajratish imkoniyatidir.
O'zini o'zi yakkalash paytida ham kun bo'yi band bo'lishim uchun ish yetarli, chunki Xokkey federatsiyasi men uchun yakkayu yagona ish joyim emas. Shunga qaramasdan, hozir bolalarimga darslarini tayyorlashga yordam berish, ularni qiziqtirayotgan savollarga batafsil javob qaytarish, birgalikda televizor, kino ko'rish, o'yinlar o'ynash, ayniqsa jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga ko'maklashish uchun vaqt topilmoqda.
– Pandemiya paytida Xokkey federatsiyasi nima bilan mashg'ul?
– Mana, bir oydan ko'proq vaqtdan beri xodimlarimiz masofada turib ishlamoqda. To'g'ri, ular ish joylariga qaytish, hamkasblari bilan uchrashishni orziqib kutishmoqda.
Hozirgi paytda bolalar xokkeyini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bilan faol shug'ullanmoqdamiz. Masofada turib trenerlar, yosh xokkeychilar bilan aloqa qilib bormoqdamiz. Hozirgi sharoitda ularning o'z jismoniy holatlarini yo'qotmasliklari juda muhimdir. Aks holda keyinchalik bu yo'qotishni tiklash juda qiyin bo'ladi. O'zini o'zi yakkalash cho'zilib ketganligi uchun biz mashqlar o'tkazish video turkumini yozib oldik. Bu mashqlar bilan faqat bolalar xokkey maktablarining tarbiyalanuvchilarigina emas, shuningdek barcha bolalar va o'smirlar ham shug'ullanishlari mumkin. Bu video darslaridan hamma erkin foydalana oladi. Hakamlar bilan ham masofadan turib mashg'ulotlar olib borilmoqda.
Suhbatimiz yakunida mamlakatimizda xokkeyni rivojlantirish rejalarimiz juda jiddiyligini ta'kidlamoqchiman. O'zbekiston Xokkey federatsiyasi bu rejalarni hayotga tadbiq etish ishini davom ettiradi. Eng asosiysi – hamma salomat bo'lsin!
Qadrli doʻstlar!
Bugun “Humo” jamoasi xokkeychilari va murabbiylariga murojaat qilmoqchiman. Siz yurtimizga professional katta xokkeyni olib kirgan, mustaqil Oʻzbekistonning xokkey tarixidagi ilkboshchilari boʻldingiz. Siz sharaf bilan yuqori saviyangizni unutilmas mavsum davomida isbotlab berdingiz va nomingizni oʻzbek xokkeyining tarixiga zarhal harflar bilan yozib qoldirdingiz.
Siz qisqa muddat davomida yuqori sport natijalariga yetishib minglab hamyurtlarimizni va dunyo miqyosidagi xokkey muxlislarining yuragini qozona oldingiz. Siz faqat oʻz ishingizni bajarish uchun muz ustiga chiqqaningiz yoq. Oʻyinchilar va murabbiylar oʻzbekistonlikar yuragidan xokkey alohida oʻrin egallashi uchun harakat qilish vazifasini aniq va ravshan his etib turishdi.Siz muruvvat uylariga borishdan, dastxat va suhbatlardan, muxlislar bilan ijtimoiy tarmoqlarda muloqotdan bosh tortmadingiz, bu esa oʻz navbatida ilk mavsumimiz oʻta muvaffaqiyatli va oʻylaganimizdanda aʼlo darajada oʻtishini taʼminlab berdi.
Har biringizga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz va yangi klublarda sizga omad yor boʻlishini tilab qolamiz! Umid qilamizki “Humo” tarkibida oʻtkazgan mavsumingiz yuragingizda faqat iliq his-tuygʻularni uygʻotadi. Nasib etsa, yana hamkorlik ilinjidamiz, ammo nima boʻlgan taqdirda ham, sim doimo Oʻzbekiston yerida hurmatli va sevimli mehmon boʻlasiz.
Butun mavsum davomida gʻayrat va shijoat bilan oʻz ishini aʼlo darajada bajargan “Humo” XK va Oʻzbekiston Xokkey Federatsiyasi xodimlariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar boʻlmaganingizda, muvaffaqiyat bu qadar yoqimli boʻlmas edi. Rahmat!
Oʻzbekiston xokkey Federatsiyasi
Birinchi vitse-prezidenti Gafurov Baxodir Ismailovich
G'alabangiz uchun, tinchlik va osoyishtalik uchun rahmat. Boshimiz uzra porlayotgan nurli osmon uchun.
Rahmat, rahmat,
Sizni tabriklaymiz, azizlar!
Sport Vazirligi buyru’gi, va Rossiya Xokkey Federatsiyasi tavsiyasi, hamda yomonlashib borayotgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib Liga Petrov kubogi o’yinlarini muddatdan oldin yakunlash hamda, 2019/2020 mavsumidagi qolgan o’yinlarni bekor qilishga qaror qildi.
Bellashuvni davom ettirish va ularni o’tkazishning barcha yo’llari Liga tarafidan o’rganilib chiqilmoqda, ammo pley-off oyinlarining shaklini yoki vaqtini o’zgartish imkoniyati yo’qligi aniq.
Liganing ustuvor vazifasi – bu xokkeychilar, muxlislar, klub hodimlari va OXL o'yinlarini tashkil qilish va o'tkazish bilan shug'ullanadigan hodimlarning xafsizligidir.
2019/2020 yilgi tanlov natijalariga ko'ra joylarni taqsimlash to'g'risida qaror yaqin kelajakda qabul qilinadi.
Koronavirus epidemiyasi bilan kurashish maqsadida, hududlarda sport tadbirlarini o'tkazish uchun kiritilgan cheklov choralarini hisobga olgan holda, Oliy Xokkey Ligasi Petrov kubogi va Federatsiya kubogida tanaffusni 2020 yil 10 aprelgacha uzaytiradi.
Liga doimiy ravishda mavjud vaziyatni kuzatib boradi va musobaqani davom ettirish uchun turli xil imkoniyatlarni ko’rib chiqmoqda. OXL pley-off uchrashuvlarini yakunlash va musobaqalar g'oliblarini aniqlashni nihoyatda muhim deb biladi.
Petrov kubogi va Federatsiya kubogi o'yinlarining ko’rinishi va jadvali cheklov choralari muddati aniq belgilanganidan keyin e'lon qiladi.
O'zbekiston xokkey federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti UXF matbuot xizmatiga bergan intervyusida qabul qilingan qarorlar va hozirgi O'zbekiston xokkeyidagi vaziyat haqida gapirdi.
- Hozirgi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyatda UXF qaysi yonalishda harak qilishni joiz deb bilyapti?
- Biz virus tarqalishining oldini olish bo'yicha barcha darajadagi sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Koronavirus inson hayotiga tahdid solishini bilar ekanmiz, bizning respublikamizda va dunyoning boshqa mamlakatlarida qo'llanilayotgan cheklov choralarini to'liq tushunamiz, JSST va Sog'liqni saqlash vazirligining barcha tavsiyalariga amal qilishga harakat qilamiz. Federatsiya xodimlari "uydan" turib o’zish faoliyatlarini olib borishmoqda.
- Boshqa davlatlar xokkey federatsiyalari bilan maslahat qilindimi? Agar bu sir bo'lmasa, umumiy echim ishlab chiqilganmi yoki har kim o’ziga maqbul bo’lgan yonalishda harakat qilyaptimi?
- Ayni paytda biz Rossiya xokkey federatsiyasi va Oliy xokkey ligasi bilan yaqin aloqadamiz, chunki "Humo" XK OXL chempionatida o'ynayapti. Boshqa federatsiyalar bilan alohida alohida maslahatlashuvlar mavjud emas. Shunga qaramay, Federatsiyamiz yoshligi tufayli, biz hali ham dunyo xokkey hayotiga chuqur qo'shilmaganmiz. Ammo, biz so'nggi ikki hafta ichida deyarli barcha mamlakatlarning federatsiyasi va ligalari, barcha ichki va xalqaro chempionatlar va musobaqalarni to'xtatib qo'yishga yoki butunlay bekor qilishga qaror qilganlarini diqqat bilan kuzatdik. Aytishlaricha, yaqin vaqtda Xalqaro Xokkey Federatsiyasi rasman Jahon chempionati 2020-ga bekor qilinishini e'lon qilishi kerak.
- O'zbekiston xokkeyining etakchisi - "Humo" klubida vaziyat qanday?
- Jamoa mavsum davomida juda yaxshi ekanligini isbotladi, pley-off bosqichiga chiqish vazifasini bajardi va ko'pgina xokkey muxlislarini hayratga solib, Liganing kuchli sakkizligiga kirib ikkinchi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Petrov Kubogi ¼ finalida jamoa muntazam mavsumdagi birinchi o’rinni egallagan Moskvaning “Zvezda” jamoasiga qarshi 4 ta o'yin o'tkazdi - ma'lum sabablarga tufayli Voskresensk shahrida (Moskva) 2 ta uy o'yinini tomashabinlarsiz .
17 martdan boshlab OXL rasmiy ravishda Petrov kubogini to'xtatdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 24 martgacha. Hozirda "Humo" xokkeychilari murabbiylar shtabining qo'shimcha ko'rsatmalariga qadar o'z uylarida.
Ta'kidlamoqchimanki, bizning xodimlarimiz, xokkeychilar va murabbiylarning hayoti va sog'lig'I, xavfsizligi biz uchun doimo ustuvor bo'lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Shunga ko'ra, OXL chempionati davom ettiriladigan taqdirda, “Humo” jamoasi keyingi bosqichida qatnashish yoki qatnashmaslik haqidagi qarorimiz, klub rahbariyati va FHU tarafidan xokkeychilar, murabbiylar va jamoa xodimlarining sog'lig'iga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xavfni baholash asosida qabul qilinadi. FHR va OXL rahbariyati, o'z navbatida, tegishli qaror qabul qilishda ayni tamoyilga amal qilishiga shubha qilmayman.
OXL veb sahifasidagi ma’lumotga ko’ra, davom etayotgan koronavirus infektsiyasining pandemiyasi va RF Sport Vazirligi tavsiyasiga binoan Oliy Xokkey Ligasi Rossiya Xokkey federatsiyasi bilan hamkorlikda va ishtirokchi klublar bilan birgalikda Federatsiya Kubogi hamda Petrov Kubogi musobaqalarini 2020 yilning 18 martdan 24 martga qadar vaqtinchalik to’htatishga qaror qildi.
Keyinchalik Oliy Xokkey LIgasi musobaqalarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
O’yinlar davom ettirilish sanalari haqida qo’shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o’tamiz, pley-off bahslarida Toshkentning “Humo” jamoasi Moskvaning “Zvezda” jamoasi bilan ½ final bo’sqichi yollanmasi uchun bahs olib bormoqda.
O’zbekiston Xokkey Federatsiyasi Ijrochi direktori Elbek Makhmudov ilk MMA bo’yicha O’zbekiston Chempionatida faxriy mehmon sifatida tashrifi doirasida 71 kg vazndagi go’liblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
To'rt kun davomida bo'lib o'tgan aralash yakkakurashlari bo'yicha O'zbekiston chempionati 2020 yil 16 martda yakunlandi. Chempionatda 10 vazn toifasida va 16 yoshdan yuqori bo'lgan jangchilar o'zaro kuch sinashdi. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
MMA Assotsiatsiyasi tashkil etilganidan beri ko'p kuch sarflandi va bu besamara qolmadi Mamlakatning har bir viloyatida assotsiatsiyaning filiallari tashkil etildi, ularda yosh va istiqbolli sportchilar ishtirok etadilar. Umuman sportni rivojlantirishda katta yutuqlarga erishilmoqda!
Ushbu musobaqa, shubhasiz, xalqaro musobaqalarda mamlakatni faxr bilan namoyish eta oladigan va jahon miqyosidagi yulduzlarga aylanishi mumkin bo'lgan iste'dodli va g'ayratli jangchilar borligini namoyish etdi.
Bugun bellashuvlar o'tkazish bo'yicha bo'lim boshlig'i Vladimir Ivanovich Storonkin o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi uzoq umr, baxt-saodat va barcha ishlariga omad yor bo'lishini tilab qoladi.
Vladimir Ivanovich, tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Bu munosabat bilan sizga "хоккейная улыбка" konkursimiz haqida eslatib o'tamiz. Siz afsonaviy xokkeychi tomonidan imzolangan esdaliklarni yurib olishingiz mumkin.
Shartlari esa juda oson:
1. Федерация хоккея Республики Узбекистан akkauntiga a'zo bo'lish;
2. #хоккейнаяулыбка heshtegi ostida o'z instagramingizga eng hokkeybop kulgu bilan tushgan rasmingizni qo'yishingiz kerak bo'ladi. Bizni sahifamizni belgilash esingizdan chiqmasin.
Ishtirok etishga shoshiling! Rasmlaringizni joylang, do'stlaringizni belgilang va xokkey afsonasidan sov'g'a yutib oling!
———————
O'zbekiston Respublikasi xokkey Federatsiyasi qoshidagi bepul loyihaga qabul boshandi.
15-21 yoshlik, changida uchish tajribasiga ega yigit va qizlardan ishtirok uchun arizalar qabul qilinadi.
Loyiha qatnashchilari kelgusida O'XL, OXL, QXL va xalqaro turnirlarda ishlash imkoniga ega bo'ladilar.
Mashg'ulotlar haftasida 2 - 3 marta o'tadi (muzda, zalda va o'yin sport turlari zalida).
Murabbiy: Kiselev Vladislav Sergeevich (Xalqaro toifadagi xakam).
Ma‘lumot uchub telefon: +99890 002 59 99
Humo Arenaning muziga Valeriy kamenskiy, Aleksey Kasatonov, Vladimir Malaxov va boshqa xokkey yulduzlari tushdilar.
Shukurillo Karimov o'ynagan O'XF jamoasi bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi durrang bilan yakun topdi, ammo bullitlar seriyasi mehmonlar xisobiga yana bir ballni yetkazib berdi.
Shu kunning tongida Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Valeriy Kamenskiyga O'zbekiston Respublikasining Prezidentining qaroriga ko'ra Dream Citydan sovg'a tariqasida uy hadya etishdi, bu haqida press-konferensiyada so'zlab berdilar.
Ўзбекистонда хозирги кунда хоккей жадал ривожланмоқда, ва Олий Хоккей Лигасида юртимиз шарафини пойтахтнинг “Хумо” жамоаси химоя қилмоқда.
“Хумо” ўйинларини ватандошларимиз, шоу-бизнесс вакиллари, спортчилар ва “Пахтакор” ФК футболчилари мароқ билан кузатишади. Ўтган йил давомида футболчиларимиз бир неча маротаба “Хумодаги” хамкасбларини қўллаб - қувватлаш учун ўйинларга боришган, тантанали шайба ташлаш маросимида эса “Пахтакор” бош мураббийси Шота Арвеладзе хамда футболчилардан Марат Бикмаев, Драган Черанлар иштирок этишган.
Кеча Россия Хоккей Федерацияси таркибидаги ХТМД (Хоккейчиларни тайёрлаш миллий дастури) “Красная машина” рахбари Владимир Шалаев хамда ОХЛ (Олий Хоккей Лигаси) бошқарув директори Кирилл Пафифов, Ўзбекистон Хоккей Федерацияси вице-президенти Кирилл Матвеев ва Федерация ижрочи деректори Эльбек Махмудов “Пахтакор”ХК мехмонлари бўлишди.
Мехмонлар “Пахтакор” ХК директори Дмитрий Адисман ва жамоа бош мураббийси Шото Арвеладзе билан учрашишди.
Учрашув давомида мехмонлар стадиондаги “Пахтакор-79” ёдгорлигини зиёрат қилиб, 1979 йил 11 август куни авиахалокатда халок булган жамоа рухини ёд этишди.
Эслатиб ўтамиз, 10 феврал куни “Пахтакор” Осиё Чемпионлар Лигасидага янги мавсумнинг илк ўйинини ўтказади.
Владимир Шалаев, Кирилл Пафифов, Кирилл Матвеев ва Эльбек Махмудов “Пахтакор” ФКни омадли кечган 2019 йил мавсуми билан табриклаб Осиё Чемпионлар Лигаси, Суперлига ва Ўзбекистон кубогида омад ва янги зафарлар тилашди.
http://www.pakhtakor.uz Хабар беради
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qishki sport turlarini 2020-2023 yillar davomida rivojlantirish tugrisidagi dasturi asosida viloyatlarda yopiq turdagi muz maydonlari va arenalar ko'rish rejalashtirilmoqda.
Yurtimizda 2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o'rin ajratilishi ta'minlanadi va qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilinadi.
Karorda 2020 – 2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan yengil konstruktsiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurishi xam ko'zda tutilgan.
Karorning to'liq matni bilan quyidagi xavola orqali tanishishingiz mumkun.
Bugun, 3 fevral 2020yil kunu Qozog'iston U-18 termajamoasi darvozaboni Vilem Prokofev og'ir kassalik bilan uzoq davom etgan kurashdan so'ng hayotdan ko'z yumdi. U 18 yoshda edi. O'yinchiga 2019 yil noyabrida onkologik kasallik- Yuing sarkomasi tashxisi qo'yilgan.
O'zbekiston Xokkey Fedatsiyasi Vilyen Prokofyev oyilasi, yaqinlari va barcha taniganlarga o'zining chuqur ta'ziyasini bildiradi.
Bugungi OXL chempionati doirasidagi "Humo"- "SKA-Neva" o'yinidagi 1 daqiqalik sukunat Vilyen Prokofyev hotirasiga bag'ishlanadi..
Biz o’zbek xokkeyini yuqori cho’qqilarga ko’tarish uchun chin yurakdan va o’z vaqtini ayamasdan harakat qilayotgan barcha haqida hikoya qilish maqsadida “Xokkeydagilar” deb nomlangan yangi loyihasini e’lon qilamiz. Ilk suhbatimiz esa Xokkey Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Bahodir Gafurov bilan.
To'liq suhbat bilan "Humo" HKnin web sahifasida tanishishingiz mumkun.
Bu sport olami uchun katta yo'qotishdir. Ozbekiston Respubkilasi xokkey Federatsiyasi barcha a'zadorlarga taziya bildiradi.
Kobi Bin Brayant - amerikalik basketbolchi, maktab bitirganidan so'ng MBAda o'z faoliyatini boshlagan va yigirma mavsum davomida "Los Anjeles Laykers" jamoasida o'ynagan. Bu vaqt davomida u beshta chempionlik unvonini qo'lga kiritgan, barcha yulduzlar matchida 18 marta ishtirok etib , 15 marta ushbu terma jamoaning a'zosi bo'lgan. Amerika terma jamoasida Olimpiya o'yinlarining ikki karralik oltin medali sovrindori va Amerika chempionatining g'olibi hisoblanadi!
Bugun, mamlakatimiz sport olami tarixidagi eng e’tiborli kunlardan biri. 1992 yil 21 yanvar kuni - ya'ni, bundan 28 yil avval, yurtimizda Milliy Olimpiya Qo'mitasi tashkil etilgan edi. O'tgan yillar mobaynida yurtimiz sportchilari dunyodagi eng nufuzli sport bellashuvlaridan biri sanalmish Olimpiada o'yinlarida sportning turli yo'nalishlarida ko'plab g'alabalarga erishishdi, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishdi. Qomita ish faoliyati davomida sportchilarimiz hozigi paytda jahondagi eng nufuzli bellashuvlardan birida eshtirok etib bo'plab g'alabalarni qo'lga kiritishdi, va O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishdi. Qo'mita bu yo'lda o'z faoliyatini takomillashtirib borayapti.
Shu fursatdan foydalanib, Milliy Olimpiya qo'mitasini va olimpiyachi-sportchilarimizni ushbu sana bilan muborakbod etamiz. Ularga mustahkam iroda, salomatlik, omad, jamoaviy va shahsiy tarkibda g'alabalar tilab qolamiz.
O’zbekiston Xokkey Federaciyasi
фото: www.olympic.uz
Haftada uchta Xitoy derbisi juda kam uchraydigan voqea. Sentabr oyi o'rtalarida Xitoyda VHL o'yinlarining ko'pligi bilan yodda qoldi. Keyingi o'yinda “ORDJI” (Pekin) va “KRS-BSU” (Pekin) o'zaro kuch sinashishdi. Evan Jasper tomonidan kiritilgan shayba munatazam chempionatda uchinchi o’yinda g'olib bo’lgan "ORDJI" muz egalari uchun g'alaba bo'ldi.
Orskliklar Voskresenskdan kelgan "Kimyogar"larni qabul qildi. Uchinchi o'tkazib yuborilgan shaybadan so'ng, Janubiy Ural murabbiylar shtabi darvozabonni almashtirishga qaror qilishdi - Andrey Filonenkoning o'rniga Artur Mustafin oxirgi hududni himoya qilishga chiqdi. Bu lahza kurashga ta'sir qilmadi - final o'yinida mezbonlar yana ikki marta o'tkazib yuborishdi. 5-0 - " Kimyogar" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
"Neftchi" mavsum boshlanishini muvaffaqiyatsiz yakunladi, Ilnur Gizatullin jamoasi ketma-ket uch marta mag'lubiyatga uchrab, Tyumenga yetib kelishdi. O'yinning 51-daqiqasida «Rubin» hisobni ochdi, ammo Anton Ugolnikov sirenadan bir daqiqa oldin bo'sh darvozani aniq nishonga oldi. 3:1 - startda Tyumendagi g'alabalar seriyasi oltitasida muzlab qoldi, "Neftchi" 10 sentabrdan buyon birinchi marta g'alaba qozondi va mavsumning oltita o'yinida faqat ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi.
Barchasini batafsil bilib olish uchun karuselni aylantiring va barcha o'yinlarning natijalarini ko'ring.
Ўтган дам олиш кунлари пойтахтимиздаги кўп тармоқли “Humo Arena” муз саройида хоккей бўйича Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 28 йиллигига бағишланган халқаро ўртоқлик турнири бўлиб ўтди.
Мусобақада Россиянинг “Премьер” жамоаси ҳамда мамлакатимизда фаолият олиб бораётган “Тошкент” ва “Ҳумо” клублари фахрий хоккейчилари қатнашди. Мусобақанинг тантанали очилиш маросимида хоккей бўйича ҳам халқаро майдонда муносиб ўрин эгаллаш, дунё пешқадамлари билан тенгма-тенг рақобатлашадиган даражага чиқиш учун Ўзбекистон жаҳоннинг етакчи хоккей дарғалари тажрибасини ўзлаштиришга интилаётгани қайд этилди.
Бу борада барча соҳалар бўйича доимий ҳамкорларимиздан бири – Россия Федерацияси билан яқин муносабатлар йўлга қўйилгани муҳим аҳамият касб этмоқда. Шу маънода Тунги хоккей лигаси вакили, Россиянинг “Премьер” клуби томонидан мамлакатимизда хоккейни қайта тиклаш ва юксалтириш йўлида олиб борилаётган амалий ишларда бевосита иштирок этаётгани қувонарли.
Мазкур турнир доирасида ўтказилган биринчи ўйин – “Премьер” ва “Тошкент” жамоалари учрашуви жуда муросасиз кечганлигини алоҳида таъкидлаб ўтиш жоиз. Асосий вақт 3:3 – дуранг натижа билан тугаб, ғолиб аниқланмагани ҳам фикримизни исботлайди. Фақат буллитлар сериясидагина майдон эгалари омадлироқ чиқиб, якуний 4:3 ҳисоби қайд этилди. Иккинчи ўйин ҳам кескинликда биринчисидан қолишмади. Бу гал Ўзбекистоннинг “Humo” клуби билан кечган учрашувда “Премьер” қийинчилик билан бўлса-да, ғалабага эришди – 7:6.
Шу тариқа, кутилганидек, ўртоқлик турнирида дўстлик ғалаба қозонди. Энг муҳими, мамлакатимиздаги хоккей мухлислари икки кун давомида яна бир спорт байрамига гувоҳ бўлишди.
Дарҳақиқат, Ўзбекистонга катта хоккей қайтди!
Biz avval xabar berganimizdek, turnir debyutanti «Xumo» oʻzining birinchi matchini 11 sentyabr kuni Toshkentda «Ryazan» XKga qarshi oʻtkazadi.
Oliy xokkey ligasining reglamentiga binoan, quyidagi talablarga muvofiq boʻladigan OAV vakillari mavsumiy akkreditatsiya qilinadilar:
- OAV faoliyatini reglamentatsiya qiluvchi qonunchilikka rioya qiladiganlar;
- muvofiq OAVning amaldagi guvohnomasi bilan tasdiqlanuvchi OAV xodiminring mavjud boʻlgan malakaga ega bo'lganlar;
- akkreditatsiyaga talabnoma kiritganlar va oʻrnatilgan muddatlarda va toʻliq hajmda oʻz haqida maʼlumotlarni taqdim etganlar.
Toʻldirilgan shaxsiy akkreditatsion shakl (havola) (oq fonda 300 dpi aniqlikdagi, 3x4 santimetr oʻlchamdagi fotosurat bilan birga).
Talabnomalar 23 avgustga qadar faqat ushbu elektron pochta orqali qabul qilinadi: info@uihf.uz
Telefon: +99878 150 08 70
Ўзбекистон спорти учун ёз мавсумининг энг муҳим воқеаларидан бири, шубҳасиз “Humo” хоккей клубининг янгидан шакллантирилгани бўлди. Спорт ишқибозларига яхши маълум, ушбу жамоа Олий хоккей лигасининг 2019-2020 йилги мавсумида иштирок этади. Мазкур халқаро турнирда Россия, Хитой, Қозоғистон, мана энди улар сафига Ўзбекистон ҳам қўшилган ҳолда жами 34 жамоа иштирок этади. Мунтазам чемпионатда ҳар бир клуб 54тадан – 27та уйида, 27та меҳмонда ўйин ўтказади.