
Bishkekda o'smir yigitlar va qizlar o'rtasida Qirg'iziston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan "Oltin shayba" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi - turli mamlakat xokkeychilari o'rtasida tajriba almashish, ushbu sport turini Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlantirish, yosh xokkeychilarning mahoratini oshirish hamda yangi sportchilarni mahoratini oshirishga qaratilgan
"Oltin shayba" musobaqasida quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:
1. «Alg`a 1», Bishkek 🇰🇬
2. «Alg`a 2», Bishkek 🇰🇬
3. «Olma-Oта», Olma-Otа 🇰🇿
4. «Binokor», Toshkent 🇺🇿
5. «Dinamo», Minsk 🇧🇾
6. «Narinskie yastrebi», Norin 🇰🇬
7. «Turon», Chimkent 🇰🇿
8. «Humo», Toshkent 🇺🇿
Turnir uchrashuvlari keskin va murasasiz bo'lib, professional xokkeydan hech kam emas edi. Natijada "Dinamochilar" turnir g'olibiga aylandilar. Minskliklar finalda "Olma-ota" vakillarini mag'lub etishdi, "Alg'a 1" jamoasi vakillari esa bronza medallari sohiblariga aylanishdi. O'z navbatida, O'zbekiston yosh xokkeychilari ham quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi:
«Humo» jamoasining darvozaboni Aleksandr An «Eng yaxshi darvozabon» nominatsiyasida g`olib deb topildi. «Humo» jamoasidan eng yaxshi o'yinchisi esa Shahriyor Mo'minov bo`ldi. «Binokor» jamoasining eng yaxshi o'yinchisi» maqomiga esa Abduqayum Abduvosiqov ega bo'ldi topildi. «Eng yaxshi muxlis» nominatsiyaga, «Humo» jamoasining ashaddiy muxlislardan biri Ilga Rajapova go`lib deb topildi.
Siz yoki farzandingiz xokkey haqida anchadan beri o'ylab, buni qanday boshlashni bilmayapsizmi? Unda ushbu tadbir aynan siz uchun!
6 - iyun kuni 10:00 va 11:30da HumoArenada 2011 - 2016 - yillar orasida tavallud topgan bolalar uchun sinov mashg'ulotlari bo'lib o'tadi.
Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, joylar chegaralangan!
O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi sizga sog'liq, shuningdek, O'zbekistonda xokkeyni ommalashtirish va targ'ib qilish sohasidagi barcha maqsadlaringiz amalga oshishini tilaydi!
Mustaqil O'zbekistonda xokkeyning rasmiy qayta tiklanishi boshlanganiga uch yil bo'ldi.
Ushbu davrda Federatsiya butun dunyo bo'ylab katta sportga ta'sir ko'rsatgan sharoitlarga qaramay uzoq yo'lni bosib o'tdi va har kuni rivojlanishda davom etmoqda.
Endi nafaqat Toshkentda, balki Samarqandda ham muz arenasi mavjud, bu yurtimizda xokkeyning geografiyasi kengayib, do'stona saflarimiz yangi sportchilar bilan to'ldirilish demakdir. So'nggi bir yil ichida bizning maktablarda xokkey o'ynaydigan bolalar soni qariyb ikki baravarga oshdi. Yosh sportchilarni tayyorlash sifati ham yaxshilandi - xalqaro tajribaga asoslangan ilg'or usullar ishlab chiqildi va joriy etildi, murabbiylar va hakamlar soni kengaytirildi.
Ishonchimiz komilki, O'zbekiston xokkeyini buyuk va porloq kelajagi bor va xokkeychilarimiz jahon miqyosida munosib o'rnini egallaydi.
O’zbekiston xokkey Federatsiyasi barchani ajoyib Navro’z ayyomi bilan tabriklab, tinchlik, baxt, har bir ishda omad va doimo gullab-yashnashingizni tilab qoladi!
"ICE Arena" - O'zbekistondagi "Humo Arena"dan keyin hajmi bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi (1900 kishi) muz saroyidir. U xalqaro xokkey o'yinlarini o'tkazish uchun barcha talablarga javob beradi va VIP-zona, fitnes zali, xoreografiya zali, kirish joyi va xokkey arenalari uchun xalqaro talablarga javob beradigan yordamchi inshootlarni o'z ichiga oladi. Ochilish marosimida "Xumo" va "Binokor" bolalar xokkey klublari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, o'zbek va rus estrada yulduzlari ishtirok etadilar.
Федерация хоккея Узбекистана поздравляет мужчин с Днем защитника отечества! Мы желаем всем нам мирного неба, спокойствия и уверенности в завтрашнем дне!
Дорогие друзья! Федерация хоккея Узбекистана поздравляет вас с Днём Конституции!
Мы желаем вам мира и добра!
8 noyabr kuni Toshkentda zamonaviy sport turi - yugurishning ikki bosqichi va bitta velosipedni o'z ichiga olgan duatlon bo'yicha birinchi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Chempionat O'zbekiston Triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.
Elite 23 va undan katta toifadagi sovrindorlarga mukofotlarni topshirgan mehmon bo'lib, O'zbekistonning xokkey federatsiyasining ijrochi direktori Elbek Maxmudov bo'lib ishtirok etgani quvonarli.
Triatlon federatsiyasiga ushbu tarixiy musobaqaning bir qismi bo'lish sharafi uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning barcha ishtirokchilariga yanada rivojlanish va sport yutuqlarini tilaymiz!
Bugun O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveev o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda!
Kirill Alekseevichni tabriklaymiz va unga sihat-salomatlik, barcha jabhalarda muvaffaqiyatlar va sevimli sport turining tez orada O'zbekistonga qaytishini tilaymiz!
Bugun dunyoda ko'pchilik murabbiylar kunini nishonlamoqda!
O'zbekistonda ushbu bayram hali milliy miqyosga ega emas, ammo biz ushbu imkoniyatdan foydalanib, yana bir bor barcha murabbiylarga RAHMAT aytmoqchimiz!
O'qituvchilarimiz va ustozlarimiz sifatida sizlarning har biringiz kelajak avlodni tarbiyalash va rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shasiz!
Sizning ishingiz oson va samarali bo'lishini, o'quvchilaringiz esa o'zlarining natijalari va yutuqlari bilan imkon qadar tez-tez xursand qilishlarini tilaymiz!